Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

«Barselona» prezidenti: VAR o‘z ishini bajarmayapti, u faqat bir jamoaga omad keltirmoqda

«Barselona» prezidenti: VAR o‘z ishini bajarmayapti, u faqat bir jamoaga omad keltirmoqda

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu La Liganing 34-turi doirasida o‘tkazilgan «Real» – «Atletik» o‘yinidagi (1:0) hakamlarning ishiga baho berdi.

«Men Bilbaodagi o‘yinning ikkinchi bo‘limi oxirlarini ko‘rdim. Madridning yana bir g‘alabasi va men yana o‘z so‘zimni takrorlamoqchiman: menda yoqimsiz tuyg‘u bor, chunki bu dunyoning eng yaxshi ligasi, VAR esa o‘z ishini bajarmayapti va ba’zi natijalarga ta’sir o‘tkazyapti. Aftidan, VAR har doim faqat bir jamoaga omad keltirmoqda.

Bizning ba’zi natijalarimiz yaxshi bo‘lmasa-da, VAR tizimi adolatsiz qarorlar chiqardi va bundan bir nechta jamoalar zarar ko‘rdi. Biz Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi bilan buni muhokama qilganmiz.

VAR tizimi hakamlarga yordam berishi kerak, ammo barchamiz tizim adolatsiz qaror chiqargan ko‘plab vaziyatlarga guvoh bo‘ldik», – deydi Bartomeu.

«Real» 34-turda Serxio Ramosning penaltidan urgan goli evaziga «Atletik»dan ustun kelgan bo‘lsa, «Barselona» «Vilyarreal»ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Madrid klubi 77 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinda borayotgan «Barselona» peshqadamdan 4 ochkoga orqada. Musobaqa yakunlanishiga esa 4 ta tur qolmoqda.

Kiritildi: 10:59 06.07.2020. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!