Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

«Barselona» portugaliyalik yulduz transferidan voz kechdi

«Barselona» portugaliyalik yulduz transferidan voz kechdi

«Milan» qanot hujumchisi Rafael Leau «Barselona»ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»ga Leauni arzonlashtirilgan narxda sotib olish taklif qilingan, biroq klub endilikda futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmayapti. «Barselona» rahbariyati tarkibda qanot futbolchilari yetarli deb hisoblaydi, shu sababli Leauning transferiga ehtiyoj yo‘q.

Joriy mavsumda 26 yoshli portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Leauning transfer qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 13:58. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!