Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

"Barselona"ning Xulian Alvares borasidagi muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

"Barselona"ning Xulian Alvares borasidagi muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

"Barselona" Xulian Alvares transferi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljiy olmayapti.

Avvalroq Kataloniya klubi "Atletiko" hujumchisi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilgani, biroq madridliklar futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgani haqida xabar berilgan edi.

Cadena SER jurnalisti Pedro Fulyananing ma’lum qilishicha, muzokaralar jarayoni boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. "Atletiko" argentinalik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas, chunki u klubning keyingi mavsum uchun rejalarida muhim o‘rin tutadi.

Qayd etilishicha, transfer uchun "yagona real variant" bu "Arsenal"ga o‘tish hisoblanadi, biroq futbolchining o‘zi bu variantni ko‘rib chiqmayapti. U agar "Atletiko"dan ketadigan bo‘lsa, faqat "Barselona"ga qo‘shilishni afzal ko‘radi, ammo transferni tezlashtirish uchun klubga bosim o‘tkazmoqchi emas.

La Liganing yakunlangan mavsumida Xulian 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:48 05.06.2026. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!