Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

"Barselona"ning asosiy darvozaboni operasiya qilinadigan bo‘ldi

"Barselona"ning asosiy darvozaboni operasiya qilinadigan bo‘ldi

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatini davolash uchun jarrohlik amaliyoti boshdan kechiradigan bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli germaniyalik posbon bir necha nafar shifokorlar bilan maslahatlashgach, belidagi muammoni operasiya yordamida hal qilish borasida qaror qabul qildi. Buning oqibatida Ter Shtegen 2-3 oy davomida maydondan tashqarida qoladi.

Mark-Andre Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishtirok etishi borasida xulosa berish qiyin. U yanvar oyida o‘tkaziladigan Ispaniya superkubogi bahslarini o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 23:03 05.12.2023. O'qildi: 3242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!