Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Barselona" murabbiyi Ispaniyada tengsiz murabbiy deb topildi

"Barselona" murabbiyi Ispaniyada tengsiz murabbiy deb topildi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik LALIGA EA SPORTS 2024/2025 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Uning qo‘l ostida jamoa ajoyib mavsum o‘tkazdi va 88 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Kataloniyaliklar chempionatda 102 ta gol urib, TOP-5 Yevropa chempionatlarida eng sermahsul jamoaga aylanishdi.

Flik uch marta oyning eng yaxshi murabbiyi sifatida oylik mukofotni qo‘lga kiritdi.

Uning raqiblari Xose Bordalasa («Xetafe»), Manolo («Espanyol»), Manuel Pellegrini («Betis»), Michel («Jirona»), Ernesto Valverde («Atletik») va Diyego Simeone («Atletiko») edi.

Kiritildi: 06:53 03.06.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!