Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barselona" moliyaviy muammolar sabab yozda 10 nafar futbolchisini yo‘qotishi mumkin

"Barselona" moliyaviy muammolar sabab yozda 10 nafar futbolchisini yo‘qotishi mumkin

"Barselona" hamon moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Mirror nashrining xabar berishicha, moliyaviy muammolar tufayli kataloniyaliklar yozda 10 nafar futbolchisini yo‘qotishi mumkin. Gap amaldagi shartnomasi 30 iyungacha mo‘ljallangan klub akademiyasi futbolchilari haqida ketmoqda. Bu futbolchilar jamoani tekinga tark etishi mumkin.

Aytish kerakki, moliyaviy muammolar "Barselona"ni bir necha yildan beri ta’qib qilib kelmoqda. 2021 yilda kataloniyaliklar Lionel Messi bilan xayrlashishga majbur bo‘lishdi va bu mavsum davomida klub bir nechta futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch keldi.

Kiritildi: 23:29 21.03.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!