Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiyning ofisida yonib turgan Kreml tasviri tushirilgan surat ilindi

Zelenskiyning ofisida yonib turgan Kreml tasviri tushirilgan surat ilindi

Time nashri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan eksklyuziv intervyu o‘tkazdi. Jurnalist Saymon Shuster uning ish joyida bo‘lib, prezidentning shaxsiy xonalariga ham kirish imkoniga ega bo‘ldi.

Shusterning yozishicha, Zelenskiyning kabinetiga tutash bir kichik xonada prezidentning shaxsan o‘zi tanlagan bir nechta suratlar mavjud.

"Bu xonaning devorida bir nechta tasvirlar ilingan. Masalan, xonadagi krovat ustidagi rasmda Rossiyaning mashhur "Moskva" harbiy kemasi Qora dengizga g‘arq bo‘layotgani aks etgan. Boshqa bir rasm esa yaqinda Rossiya hududida jang qilgan ukrain askarlarini tasvirlaydi. Ammo Zelenskiyning eng sevimli tasviri bu Kremlning olov ichida yonayotgan ko‘rinishidir", – deb yozadi jurnalist. Time nashri chop etgan suratda ushbu tasvirni ko‘rish mumkin.

Kiritildi: 19:15 24.03.2025. O'qildi: 1964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!