Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" Madridda "Atletiko"ni yengdi (video)

"Barselona" Madridda "Atletiko"ni yengdi (video)

«Barselona» Ispaniya La Ligasining 30-turi doirasida safarda «Atletiko Madrid»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida Juliano Simeone hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Markus Reshford muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunida esa Nikolas Gonsales maydondan chetlatilgach, madridliklar bir kishi kam bo‘lib qolishdi.

«Barselona»ning g‘alaba golini 87-daqiqada Robert Levandovski kiritdi.

Shu tariqa, «Barselona» (76 ochko) ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va La Ligada peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kataloniyaliklar ikkinchi o‘rindagi «Real»dan 7 ochkoga o‘zib ketishdi.

«Atletiko» (57 ochko) esa qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Ispaniya La Ligasi. 30-tur
05.04.2026 | 00:00
«Sivitas Metropolitano», Madrid

«ATLETIKO» — «BARSELONA» — 1:2
Gollar:
Juliano Simeone 39 (1:0), Markus Reshford 42 (1:1), Robert Levandovski 87 (1:2).

«Atletiko»: Musso, Gonsales, Langle (Taufik Seydu, 68), Le Norman, Molina, Almada, Vargas, Koke (Rudjeri, 46), Simeone (Serlot, 61), Baena (Ximenes, 61), Grizmann (Morsilyo, 61).

«Barselona»: X. Garsiya, Joau Kanselu, Martin, Kubarsi, Arauxo (Bernal, 40; Kunde, 62), Pedri, E. Garsiya (Gavi, 78), Reshford (Levandovski, 79), Fermin Lopes (Torres, 46), Yamal, Olmo.

Ogohlantirishlar: Gonsales (22), Koke (45), Molina (45), Musso (50), Langle (53), Taufik Seydu (90) — Fermin Lopes (45), Martin (46).

Chetlatish: Gonsales 45 («Atletiko»).

Kiritildi: Bugun 06:15. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!