"Barselona" "Liverpul" vingeri Luis Dias transferi uchun ortiqcha pul to‘lamaydi.
Kolumbiyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning hujumning chap qanotidagi ustuvor nishoni hisoblanadi. Shunga qaramay, Diario Sport nashrining ta’kidlashicha, "Barselona" Dias uchun 60 mln yevrodan ortiq to‘lamaydi. Kataloniya klubi futbolchining yoshini (28 yosh) hisobga olgan holda, bu adolatli narx deb hisoblamoqda. "Liverpul" hamon 80 mln yevro so‘ramoqda.
Luis Dias hozirgi shartnomasi bo‘yicha "Liverpul"da yiliga 3,5 mln yevro atrofida maosh oladi va "qizillar" bilan kelishib olsa, "Barselona" futbolchiga qulayroq shartlarni taklif qilishda muammo bo‘lmaydi.