"Barselona" prezidenti Joan Laportaning o‘rinbosari Xelena Forte klub Lionel Messi bilan xayrlashuv o‘yini tashkil etishini ma’lum qildi.
— Messi "Kamp Nou" ochilish marosimida ishtirok etadimi?
— Biz Lionel Messini yangi stadionda albatta tantanali tarzda xayrlashuv marosimini nishonlaymiz. Chunki u – "Barcelona" tarixidagi eng buyuk futbolchi.
Bu marosim 2026 yil yozida, "Kamp Nou" to‘liq qurib bitkazilgach bo‘lib o‘tadi. Klub Messiga hurmatini aynan o‘sha vaqtda ko‘rsatmoqchi", - dedi u.