Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

«Barselona» Lionel Messi uchun maxsus sovg‘a tayyorlayapti

«Barselona» Lionel Messi uchun maxsus sovg‘a tayyorlayapti

"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta "Kamp Nou" stadioni yangi ko‘rinishga kelganidan keyin unda sobiq hujumchi Lionel Messi sharafiga o‘yin tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar berdi Championat.com.

7 noyabr kuni "Barsa" futbolchilari yangilangan stadionda ochiq mashg‘ulot o‘tkazishdi.

— Yangilangan "Kamp Nou"ning ochilish o‘yinida Messini sharaflash ajoyib ish bo‘lardi. Tribunalar to‘lib ketardi. Leo sharafiga o‘yin tashkil qilish men uchun katta xursandchilik bo‘ladi, — dedi Laporta, jurnalist Fabrisio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida keltirilgan so‘zlariga ko‘ra.

"Barselona"ning bosh maydoni 2023 yildan beri rekonstruksiya jarayonida edi. "Marca" nashrining ma’lum qilishicha, ochiq mashg‘ulotni 21 795 nafar muxlis tomosha qilgan.

Kiritildi: 22:59 07.11.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!