Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Barselona" hujumchisining maqsadini tushunmayapti

"Barselona" hujumchisining maqsadini tushunmayapti

"Barselona" hujumchi Martin Breytueytning jamoani tark etishga ko‘ndirishda davom etmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar hujumkor o‘yinchilar sonini kamaytirishga harakat qilmoqda va daniyalikni hamkorlikni davom ettirishni istamasligi haqida allaqachon ma’lum qilgan. Hujumchi AQShga turnega chiqqan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilmagan va klub bu vaqt ichida Martin yangi jamoa topishini kutgandi.

Biroq hujumchi ketishdan bosh tortdi, shu jumladan, tekin transferga ham rozi emas, chunki qolgan ikki yillik maoshini to‘liq olish niyatida.

"Barselona" qo‘shimcha bosim o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda, ammo Breytueyt sudga shikoyat qilishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda. Shu bilan birga, klub hozirgi vaziyatga umuman ahamiyat bermayotgan futbolchining pozisiyasini tushunmayapti.

O‘tgan mavsumda hujumchi La Ligada 4 ta o‘yinda 2 ta gol urdi.

Kiritildi: 07:42 05.08.2022. O'qildi: 2464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!