Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Barselona" hujumchisini sotib yuborishga qaror qildi

"Barselona" hujumchisini sotib yuborishga qaror qildi

"Barselona" vingeri Ferran Torres joriy mavsum yakunida Kataloniya grandini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Goal.com portali xabar bermoqda.

Hujumkor yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi va murabbiylar shtabi endi uning xizmatlariga umid qilmayapti. Klub yozgi transfer oynasida Torresni qo‘yib yuborishga tayyor.

Transfermarkt portali 23 yoshli futbolchining narxini 30 million yevroga baholamoqda. Ferranning shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Torres joriy mavsumda “Barselona” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Kiritildi: 14:21 27.03.2023. O'qildi: 1363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!