Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

“Barselona” futbolchisi: "Real" — butun dunyo tan olgan klub"

“Barselona” futbolchisi: "Real" — butun dunyo tan olgan klub"

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres 2024/25 yilgi mavsum oldidan “Real Madrid” bilan raqobat va yangi mavsumdan kutilyotgan natijalar haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi “Barselona”ning azaliy raqibi “Real” haqida iliq fikrlarni bildirdi:

“Real” — bu butun dunyo tan olgan klub. Har yili ular eng kuchli futbolchilarni xarid qilishga harakat qiladi. Ammo men o‘z jamoamdan, o‘tgan mavsumdagi natijalarimizda mamnunman, — dedi Torres.

Shuningdek, u “Barselona” yangi mavsumda favoritmi degan savolga quyidagicha javob berdi:

Menga favorit degan so‘z yoqmaydi. Chunki agar sen favorit bo‘lsang, barchaning diqqat markaziga aylanasan. Har bir raqib seni mag‘lub etish uchun alohida tayyorlanadi. Bu yil biz, Chempionlar Ligasidan tashqari, deyarli barcha musobaqalarda g‘alaba qozondik. Endi esa bu yutuqlarni himoya qilishni istaymiz, — deya Ferran Torresning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Kiritildi: Bugun 08:36. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!