Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Barselona» YECHL keyingi mavsumidan chetlashtirilishi mumkin

«Barselona» YECHL keyingi mavsumidan chetlashtirilishi mumkin

«Barselona» klubi kelasi mavsumda UYEFA tomonidan jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar Yevropa futboli reglamenti normalarini buzishda davom etmoqda. Jumladan, nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan daromadni noto‘g‘ri hisobga olish orqali transfer imkoniyatlarini sun’iy ravishda oshirmoqda.

2024 yil kuzida «Barselona» bunday qoidabuzarliklar uchun 500 ming yevro miqdorida jarima to‘lashga majbur qilingandi. Klub bu qarordan so‘ng Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qildi, biroq apellyasiya rad etilgan.

Agar moliyaviy feyr-pley qoidalari yana buzilsa, «Barselona» 2025/2026 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ochkolardan mahrum qilinishi va musobaqada ayrim futbolchilaridan foydalana olmasligi mumkin.

Kiritildi: 11:37 04.06.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!