Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Barselona"da Messining davomchisi deb kutilgan futbolchi jamoani tark etdi

"Barselona"da Messining davomchisi deb kutilgan futbolchi jamoani tark etdi

Ansu Fati "Barselona"dan "Monako"ga o‘tdi.

Kataloniya klubi va 22 yoshli vinger kelishuvni 2028 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi.

Shundan so‘ng, "Barselona" futbolchini "Monako"ga bir mavsumga ijaraga berdi.

Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi shartnomada monakoliklar uchun sotib olish imkoniyati qayd etilgan bo‘lib, u 11 million yevroni tashkil etadi.

O‘tgan mavsumda Ansu Fati "Barselona" safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham samarali harakat qilmadi.

"Barselona"da Messining davomchisi deb kutilgan futbolchi jamoani tark etdi

Kiritildi: 18:07 01.07.2025. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!