Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona"da 10-raqamning yangi egasi aniqlandi

"Barselona"da 10-raqamning yangi egasi aniqlandi

"Barselona" vingeri Lamin Yamal tez orada afsonaviy 10-raqamni oladiganga o‘xshaydi.

Hozirda bu raqamga egalik qilayotgan Ansu Fati "Monako"ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Agar kutilmagan hodisa yuz bermasa, bu raqam tez orada bo‘shaydi va "Barselona" yangi mavsumdan boshlab unda Yamal o‘ynashiga qaror qilgan. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, klub bu haqda 13 iyul kuni, futbolchi 18 yoshga to‘lganida rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Bungacha kataloniyaliklar safida 2021 yilda ketgan Lionel Messi o‘ninchi raqam ostida to‘p tepgandi.

Kiritildi: 15:58 27.06.2025. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!