Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Barselona" asosiy darvozabonidan ayrildi

"Barselona" asosiy darvozabonidan ayrildi

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya tizzasidan olgan jarohati sabab taxminan uch hafta maydonga tushmaydi.

AS ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy tekshiruv 25 yoshli futbolchining o‘ng tizzasi meniskida kichik shikastlanish borligini aniqlagan. Unga jarrohlik amaliyoti talab qilinmaydi.

Shu sabab Garsiya 19 sentyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida safarda "Sevilya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.

Darvozabon terma jamoalar o‘yinlari uchun beriladigan tanaffusdan keyin safga qaytishi kutilmoqda. U 10 oktyabr kuni "Xetafe"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Garsiya jarohatni 16 sentyabr kuni "Rasing"ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuvning birinchi bo‘limida olgan edi. Tanaffusda "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uni Voysex Shesniga almashtirgan.

Joan Garsiya "Barselona" safiga 2025 yil yozida kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 23:41 17.09.2026. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!