"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ni yengdi. Xans-Diter Flik jamoasi prinsipial raqibni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Jurnalist Pedro Martin ijtimoiy tarmoqlarda Ispaniya futboli grandlarining sovrinlari soni haqida ma’lumot joylashtirdi.
XXI asrni oladigan bo‘lsak, "Barselona" 41ta, "Real" esa 40ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ya’ni yakshanba oqshomi yakunlariga ko‘ra "ko‘k-anorranglilar" "qaymoqranglilar"ni ortda qoldirishdi.
Sovrinlar yig‘indisi bo‘yicha esa "Real" hamon oldinda - 105 ga qarshi 103. "Barselona" Ispaniya Kubogi, La Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonsa, yaqin oylardayoq "qaymoqranglilar"ni ortda qoldirishi mumkin. Ammo buni qilish oson bo‘lmaydi.