Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

"Barsa" ustozi: "Bu hali yakun emas"

"Barsa" ustozi: "Bu hali yakun emas"

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik dastlabki o‘yindagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Ispaniya Kubogi yarim finalida «Atletiko» ustidan g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

«Ko‘k-anorranglilar» Madridda yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi, biroq 3 mart kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvida vaziyatni o‘nglash imkoniyatiga egalar.

"Bu hali yakun emas, oldinda o‘z stadionimizdagi javob o‘yini bor. Bizga muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi juda zarur. Hech narsani istisno qilmaslik kerak — biz hali vaziyatni o‘zgartira olamiz. Oxirigacha kurashamiz va finalga chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", — dedi Flik matbuot anjumanida.

Ushbu juftlik g‘olibi finalda «Real Sosyedad» yoki «Atletik» Bilbao jamoalaridan biri bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: Bugun 10:36. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!