Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messining o‘tgan haftada "Kamp Nou"ga tashrifi butun futbol jamoatchiligining katta e’tiborini tortdi. Ular Messining hali hamon klubga alohida mehri bor ekanligini aytishmoqda.
ESPN nashrining yozishicha, "Barsa"ning bir qator afsonalari klub prezidenti Joan Laporta bilan bog‘lanib, undan Leoni har qanday yo‘l bilan klubga qaytarishni so‘rashgan, toki u futbol bilan jamoa libosida xayrlashsin, ammo Laportaning bu ishni amalga oshirishi dargumon.
Avvalroq, "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘zining yuqori pressingli o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmasligi uchun 38 yoshli futbolchi transferini rad etgani haqida xabarlar chiqqan edi.