Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Barchin G‘ofurova: «Otam sabab erkaklardan ko‘nglim qolgan»

A A A
Barchin G‘ofurova: «Otam sabab erkaklardan ko‘nglim qolgan»

«Baxt ovchisi» serialidagi Zulya roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Barchin G‘ofurova ota mehridan ayro yashagan. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Aktrisa otasi sabab erkaklardan ko‘ngli qolgani va endilikda hayotida otasiga o‘rin yo‘qligini quyidagicha izohlaydi.

— Otam mehrini his qilishni istaganman, ammo kaminani bu baxtdan mosuvo qilishgan. U ukam ikkimizni bolaligimda tashlab ketgan. Avvaliga ajrashishiga ko‘proq onam sababchi deb bilardim. Chunki u nihoyatda g‘ururli ayol. Ammo ulg‘ayib, yarashish taklifi bilan otamning oldiga borganimdan keyin fikrlarim o‘zgardi. U yangi oilasi borligi va boshqa bolalarning boshini silayotgani uchunmi biz bilan yashashni istamadi. Ilgari otam o‘lgan deb bilardim. Chunki u biror marta bizdan xabar olganini onam ketma-ket jarrohlik amaliyotini boshidan kechirganda, ukam oshqozon saratoniga chalinib davolatish uchun uyimizni sotganimizda ham, u inson xabar olmagan.Lekin otam bilan uchrashganda familyangizda xalqqa tanilaman, degandim. Balki Barchin G‘ofurovani televizorda ko‘rganda ko‘nglidan nimalardir o‘tar, bu yog‘i menga qorong‘u. Ammo u inson sabab erkaklardan ko‘nglim qolgan, oila qurishdan ham qo‘rqaman, — deydi aktrisa Barchin G‘ofurova.

Kiritildi: 16:47 07.07.2022. O'qildi: 22433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!