Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Barchasi 6 yoshimdan boshlangan. Manyak uni qon to‘kishga nima majbur qilganini aytdi

Barchasi 6 yoshimdan boshlangan. Manyak uni qon to‘kishga nima majbur qilganini aytdi

Besh nafar ayolning o‘limida ayblangan floridalik 65 yoshli Bernard Jaylzga umrbod qamoq jazosi tayinlangan bo‘lib, ayni paytda qamoqda saqlanmoqda.

Ko‘p yillardan buyon olimlar ketma-ket qotillik sodir etuvchi jinoyatchilarning ongida nima o‘zgarishlar yuz berishi to‘g‘risida izlanish olib borishmoqda. Shu sabab manyak Bernard Giles bilan uni bu ishga majbur qilgan omllar to‘g‘risida suhbat olib borildi. Intervyudagi ochiqlangan ma’lumotlar tarmoq foydalanuvchilarini dahshatga soldi.

70-yillarning boshlarida Giles 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan besh nafar ayol sportchilarning joniga qasd qilgan. U navbatdagi qotillikka qo‘l urguniga qadar o‘lim jazosidan qochib yurishga muvaffaq bo‘lgan. Intervyu chog‘ida suhbatdoshiga Giles birinchi marta qotillik qilish fikri unda 6 yoshligida paydo bo‘lganini aytgan. U yosh bolalik paytida qo‘shni qiz bilan ovchi-ovchi o‘yinini o‘ynaganini esga olgan. Aynan o‘sha paytda u qizchani yotoqxonaga olib borgan va nafas ololmay qolgunicha bo‘ynidan bo‘g‘ib turgan. Aynan o‘sha paytda u g‘aroyib bir hisni tuygani haqida aytgan.

16 yoshga yetganida unda qotillik qarori yanada mustahkamlangan, bir kuni Jaylz pichoq bilan ko‘chada ketayotgan qizga tashlangan, ammo aniq harakat qilish uchun unda jur’at yetishmagan. Bu imkoniyat unda keyinroq paydo bo‘ldi.

Jaylzning qayd etishicha, u hech qachon o‘zining rafiqasi yoki tanish qizlarini o‘ldirish niyatida bo‘lmagan. Ayrim qurbonlar qotilning qo‘lidan tirik qochib qutulishga muvaffaq bo‘lishgan, ular yig‘lab, qotil bilan gaplashishga harakat qilishgan va bu uning chalg‘ishiga sabab bo‘lib, qurbonlar bundan foydalanib qochib qutulgan.

Qotil jinoyatlari unga g‘aroyib lazzat berishi to‘g‘risida aytgan. Bu esa navbatdagi qotillik uchun turtki bo‘lib xizmat qilgan.

life.ru

Kiritildi: 14:04 11.02.2019. O'qildi: 4095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!