Barcha uchun O‘zbekiston Muftiysi bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston muftiysi bilan savol-javob qilish uchun "Telegram"da bot ochildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy – Fatvo markazi direktori Nuriddin domla Xoliqnazarovga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol yo‘llash orqali javob olishni tashkil etish maqsadida, @Muftiy_Nuriddin_domla nomli telegram kanallarida savol-javob boti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.