O‘zingizga tegishli barcha muhim ma’lumotlarni my.gov.uz orqali osongina topishingiz mumkin.
Jumladan:
ID-karta va xorijga chiqish pasporti ma’lumotlari
Oila a’zolari haqida ma’lumot hamda onlayn tahrirlash imkoni
Ta’lim – o‘qigan va o‘qiyotgan muassasa, diplom ma’lumotlari
Mehnat faoliyati – elektron mehnat daftarchasi, ish joylari
Ko‘chmas mulk – kadastr raqami, manzil, mulkdor haqidagi ma’lumot
Avtotransport va haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlari
Salomatlik – oilaviy shifoxona, dispanserlar hisobida turish, mehnatga layoqatsizlik varaqasi
Moliya – pensiya jamg‘armasi, ish haqi va kredit tarixi
Arizalar va sharhlar – yuborgan arizalaringiz holati, fikr-mulohazalar
Xabarnomalar – hujjatlar muddati haqida eslatmalar
Jarimalar – soliq, aliment va xorijga chiqish cheklovlari
Kommunal xizmatlar – elektr, suv, gaz, chiqindi balansi
To‘lovlar tarixi – amalga oshirilgan barcha to‘lovlar ro‘yxati