Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Barcha kommunal xizmatlar bir paketga birlashtiriladi

Barcha kommunal xizmatlar bir paketga birlashtiriladi

Yaqin ikki yilda barcha kommunal xizmatlar bir paket sifatida, bitta sub’ekt tomonidan taqdim etiladi va qarzdorlik ham umumlashtiriladi. Bu haqda «Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, «chiqindi olib chiqish va elektr to‘lovlari bir tizimga ulanmoqda, navbat gaz va suv to‘lovlariga». Shuningdek, sifatsiz xizmat uchun chorani keskinlashtirish ham ko‘zda tutiladi

Chiqindilarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash jamiyat salomatligi uchun hayotiy masala. Noto‘g‘ri saqlanayotgan chiqindi poligoni kimyoviy quroldek xavfli va bizda 200 ta shunday poligon bor. Chiqindi masalasi eng oxrigi, xavfli nuqtasiga yetib keldi. Tartib bo‘lmagan tizimga investorlar milliardlab mablag‘ini bermoqchi emas, investisiyalarsiz esa tizimni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Chiqindi va elektr to‘lovlari bir tizimga ulanmoqda, navbat gaz va suv to‘lovlariga. Maqsad vatandoshga sifatli kommunal xizmati ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish, deb yozdi Qodirov.

12 dekabr kuni «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasi chiqindilarni to‘plash va olib chiqishda to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilgan.

Kiritildi: Bugun 16:32. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!