Mark Ryutte Gaagada bo‘lib o‘tgan alyans sammitidan so‘ng Reuters agentligiga intervyu berdi.
Intervyuda NATO bosh kotibi tomonidan bildirilgan asosiy fikrlar:
◾️ Alyans a’zolaridan hech biri Rossiyaga nisbatan “sodda fikrda” emas va ularning barchasi Moskvaning maqsadlari borasida deyarli bir xil bahoga ega;
◾️ Butun NATO, jumladan Qo‘shma Shtatlar ham, Ukrainaga urushda yordam berish masalasiga sodiq hisoblanadi, shunda agar biror tinchlik bitimi yoki o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv yuzaga kelsa, u mustahkam va uzoq muddatli bo‘ladi;
◾️ NATO'ning Yevropadagi a’zolari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash mas’uliyatining katta qismini bosqichma-bosqich o‘z zimmalariga olishadi, biroq Qo‘shma Shtatlar ham yordam yetkazib bepishda davom etadi. AQSh "razvedka ma’lumotlari almashinuvida juda faol bo‘ladi, shuningdek, amaliy harbiy yordamda ham qatnashadi", jumladan havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishi mumkin. O‘ylaymanki, AQShning ishtiroki hali ham katta, juda katta bo‘ladi