Markaziy bank avgust oyidan boshlab bankomatlar orqali naqd pul yechishdagi nosozliklar va xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar uchun banklarga moliyaviy jarimalar qo‘llaydi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichga ega banklar ochiq e’lon qilinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda bankomatlar orqali 341 million operasiya amalga oshirilgan bo‘lib, muammoli holatlar ulushi 0,08 foizni tashkil etgan. Markaziy bank bu orqali mijozlar huquqlarini himoya qilish va banklar mas’uliyatini oshirishni maqsad qilgan.