Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bank qarzdorligi Leapmotor C16 bilan to‘liq undirildi

Bank qarzdorligi Leapmotor C16 bilan to‘liq undirildi

Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvidagi FIB Uchtepa tumanlararo sudining 2025 yil 7 iyuldagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro E.T.dan undiruvchi — Xalq banki AT foydasiga 32 032 633 so‘m qarz undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati 2025 yil 19 sentyabrda davlat ijrochisi M.Madatovaning ish yurituviga kelib tushgan va qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Belgilangan muddatda qarzdorlik to‘liq qoplanmaganligi sababli, qarzdorga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan va qarzdorga tegishli “Leapmotor C16” avtotransport vositasiga taqiq va qidiruv choralari qo‘llanilgan.

Natijada, 2025 yil 29 dekabr kuni avtotransport vositasi qidiruv natijasida topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan. 2026 yil 6 yanvar kuni qarzdorlik summasi to‘liq undirilib, 32 032 633 so‘m pul mablag‘lari undiruvchi bank foydasiga yo‘naltirilgan.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!