Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bangladeshning yangi Bosh vaziri Tariq Rahmon parlamentda qasamyod qildi

Bangladeshning yangi Bosh vaziri Tariq Rahmon parlamentda qasamyod qildi

Bangladesh milliy partiyasi (BMP) yetakchisi Tariq Rahmon 12-fevraldagi saylovlarda partiyasining katta g‘alabasidan so‘ng parlamentda qasamyod qildi va rasman Bosh vazir lavozimiga kirishdi.

Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi.

Tariq Rahmon hokimiyat almashinuvi va Shayx Hasina mahkamasining iste’foga chiqishi ortidan Bangladeshni taxminan 18 oy boshqargan vaqtinchalik hukumatning o‘rnini egallaydi.

Avvalroq BMP parlament saylovlarida g‘alaba qozongani va ittifoqchilari bilan birga 212 o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi. Islom ittifoqi (Jamaat-i-Islomi) 77-o‘rinni egalladi, deb xabar berdi belta.by.

Kiritildi: 22:46 17.02.2026. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!