Bangladeshda so‘nggi 15 yil ichida sodir bo‘lgan siyosiy mahbuslarning ommaviy yo‘qolishi "Oyna uyi" yashirin qamoqxonasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb yozadi New York Times (NYT).
Sobiq mahbuslarning o‘zlari nashrga maxfiy zindonlar haqida gapirib berishdi. Qayd etilishicha, qamoqxona Vazirlar Mahkamasi rahbari Shayx Hasinaning nazorati ostida faoliyat yuritgan, u 2009 yilda hokimiyatga kelganidan so‘ng siyosiy raqiblarga qarshi keng ko‘lamli repressiyalarni boshlagan.
O‘shandan beri, inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, 700 dan ortiq muxolifat a’zosi bedarak yo‘qolgan.
Avvalroq mamlakatda hokimiyat almashinuvi bilan yakunlangan hukumatga qarshi talabalar namoyishlarini bostirish paytidagi qirg‘inlarga aloqadorlikda ayblanayotgan Hasinani hibsga olish uchun order berilgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu ishda yana ellikka yaqin kishi ayblanmoqda.