Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 16 may kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida yuz bergan hodisa oqibatda kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 25 kishi jarohatlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk poyezdi avtobusga borib urilgan va zarb oqibatida avtobusda yong‘in chiqqan. Shuningdek, to‘qnashuv tufayli bir nechta yengil mashina va motosiklga ham shikast yetgan.

Tayland Transport vazirligining ma’lum qilishicha, avtobus temir yo‘l izlarida qolib ketgan. Halokatga uchragan poyezd og‘ir konteynerlarni tashiyotgan bo‘lgan va to‘qnashuvgacha o‘z vaqtida tormoz berishga ulgurmagan. Rasmiylar jabrlanganlarga kompensasiya to‘lanishini va’da qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!