Albatta, bu ko‘proq hali infarktga uchramagan, bu xastalik neligini bilmaganlarga taalluqli desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xastalikka uchrab ulgurgan odam esa baliq yesa ham, yemasa ham baribir davolanishga, tez-tez yurak xurujidan bezovtalanishga mahkum.
Xullas, haftasiga o‘rtacha ikki marotaba baliq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Chunki tabiatning bu mo‘’jizasi tarkibida «Omega-3» deb nomlangan moy kislotasi bor. Xuddi shu narsa yurakni baquvvatlashtiradi, qon tomirlarni tozalab yurak va miyaga qon yetarli darajada yetib borishini ta’minlaydi. Qolaversa, baliq tarkibida mavjud bo‘lgan fosfor ko‘rish qobiliyatimizni ham yuqori darajaga olib chiqadi. Xorvard universiteti olimlaridan biri Erik Rimm hamkasblar bilan birgalikda o‘tkazgan tadqiqotlar davomida yuqoridagi fikrlar to‘g‘riligiga amin bo‘ldi.
Baliq qon bosimini tushirishda ham tengsiz hisoblanadi. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Ammo olimlar baliq haqida gap ketganda, akula, kit kabilarning go‘shtini yemaslikka chaqiradi. Sababi, ular organizmida simob moddasi keragidan ortiqni tashkil etadi. Xuddi shu modda omega-3 moy kislotasi ta’sirini kesadi. To‘g‘ri, oddiy baliq tarkibida ham simob bor. Shu sababli olimlar bu mahsulotni haftasiga ikki marta me’yoriy miqdorda iste’mol qilish kifoya ekanini alohida uqtirishmoqda.