Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Balida mojaro: Xitoyning “T-Rex” qoyasidagi shisha lifti nega to‘xtatildi?

Balida mojaro: Xitoyning “T-Rex” qoyasidagi shisha lifti nega to‘xtatildi?

Bali hukumati Xitoy kompaniyasi tomonidan mashhur Kelingking (T-Rex) qoyasi yoqasida qurilayotgan 182 metrlik shisha lift loyihasini vaqtincha to‘xtatdi. Loyiha atrof-muhitga zarar yetkazishi va tabiiy go‘zallikni buzishi haqidagi noroziliklardan keyin ushbu qaror qabul qilindi.

Xitoyning China Kaishi Group kompaniyasi qurishni boshlagan lift sayyohlar uchun pastdagi plyajga tushishni osonlashtirishi kerak edi. Biroq joy aholisi va sayyohlar bu qurilish Balining tabiiy manzarasini yo‘qotishini, shuningdek, yer sirpanishi xavfini kuchaytirishini ta’kidlashdi.

“Kelingking plyaji o‘zining tabiiy ko‘rinishi bilan jozibali. Bu kabi sun’iy loyihalar uning ruhini o‘ldiradi”, — dedi mahalliy faol Made Sediana.

Rahbarlar loyiha hali kerakli ruxsatnomalarni olmaganini ma’lum qildi. Bali senatori Nilux Djelantik esa qurilishni “tabiiy go‘zallikka qarshi xatolik” deb atadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha qiymati 12 million dollarga teng. Hozirda plyajga tushish uchun tik yo‘l bo‘ylab 45 daqiqadan bir soatgacha vaqt kerak bo‘ladi.

Ko‘plab foydalanuvchilar hukumatni “bexuda qurilish” o‘rniga mavjud yo‘l va zinapoyalarni ta’mirlashga chaqirishmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!