Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Balida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi, kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Balida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi, kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Bali oroli sohilida parom cho‘kishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi bedarak qoldi. Kema bortida 53 nafar yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Hodisa 2 iyul kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Parom Sharqiy Yava orolidan Baliga yo‘l olgan paytda cho‘kib ketgan. Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha 23 kishi qutqarilgan, qolganlari haqida ma’lumot yo‘q. Polisiyaning ma’lum qilishicha, halokat sabablari hozircha aniqlanmagan.

Banyuvanga shahri polisiyasi boshlig‘i Ram Samtama Putraning AFP agentligiga bildirishicha, parom halokatidan biroz oldin dvigatelda muammo borligi haqida xabar berilgan. Kema mahalliy aholi tomonidan Yava va Bali orollari o‘rtasida muntazam qatnov uchun foydalaniladi.

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hokimiyatlar tirik qolganlarni topish umidi bilan harakat qilmoqda.

Kiritildi: 16:11 03.07.2025. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!