Kelgusi yilning fevral oyida Bali hukumati orolga kirish uchun turistlardan 10 dollar oladi. Indoneziya provinsiyasi rasmiylari bunday soliq sxemasi sayyohlik markazi madaniyati va tabiatini asrab-avaylashda yaxshi yordam bo‘ladi deb hisoblamoqda.
Soliq elektron shaklda to‘lanadi va Indoneziya fuqarolaridan tashqari barcha sayohatchilar uchun majburiy bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Baliga har yili millionlab xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Orol mamlakat byudjeti uchun foydaning asosiy manbayi hisoblanadi. O‘tgan yil davomida turizm davlat g‘aznasini qariyb 4,5 milliard dollarga to‘ldirgan.