Yurtimizning ot sporti vakillari ikkinchi yildirki, yangi mavsumni o‘ziga xos g‘alaba bilan boshlashmoqda. Germaniyaning Rizenbek shahrida o‘tkazilgan CSI2* tasnifiga kiruvchi musobaqada mahoratli konkurchimiz, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev to‘siqlar osha 130 sm balandlikka sakrashda 1-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, u BAA ning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan CSI2* musobaqasida ham 1,25 metrlik to‘siqdan sakrab, masofani 60,61 soniyada bosib o‘tdi. Ladu laqabli otida jarimasiz marraga yetib borgan hamyurtimiz, qirq nafar sportchi orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.