Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bahromjon A’loyev Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi

A A A
Bahromjon A’loyev Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi

Bugun, 9 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Rossiya strategik sherikligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

Ikki tomonlama tadbirlar, shuningdek joriy yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli darajadagi o‘zaro tashriflar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Tomonlarning savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirishga tayyorligi qayd etildi. Rossiya vakillarining 2023-yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” navbatdagi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 22:57 09.02.2023. O'qildi: 2636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!