Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bahrayn, Quvayt va Qatar havo hududlarini ochdi, Dubay aeroportlari ham faoliyatini tikladi

Bahrayn, Quvayt va Qatar havo hududlarini ochdi, Dubay aeroportlari ham faoliyatini tikladi

Bahrayn va Quvayt Eronning Qatardagi AQSh bazasiga bergan zarbasidan so‘ng yopilgan o‘z havo kengliklarida fuqaro aviasiyasi parvozlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.

Bu haqda ikki davlat aviasiya ma’muriyati ma’lum qildi.

Dubay aeroportlari ham qisqa pauzadan keyin to‘liq ishlay boshladi, biroq ba’zi reyslar kechiktirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

"Ehtiyot chorasi sifatida joriy qilingan vaqtinchalik pauzadan so‘ng Dubay aeroportlari to‘liq ishlay boshladi. Aeroportlar parvozlar jadval bo‘yicha amalga oshirilishini ta’minlash uchun aviakompaniyalar bilan ishlamoqda, biroq ayrim reyslar kechiktirilishi yoki bekor qilinishi mumkin", — deyiladi amirlik hukumati bayonotida.

Keyinroq Qatar ham o‘z havo hududidagi parvozlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.

"Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi Qatar havo hududida qatnov qayta tiklangani haqida ma’lum qildi. Vakolatli organlar bilan kelishilgan holda zarur choralar ko‘rilganidan keyin vaziyat normal holatga qaytdi", — deyiladi mamlakat aviasiya nazorati idorasi bayonotida.

Kiritildi: 10:30 24.06.2025. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!