Samarqand viloyatining Samarqand tumanida oziq-ovqat masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya davom etmoqda. Unda xorij va mahalliy mutaxassislar va mutasaddi hodimlar ishtirok etyapti. Tadbir haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati agrar va suv masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Bahodir Tojiyev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugungi tadbir kutilganidek ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. O‘zbekiston keyingi yetti yilda dunyoga ochilgani mana shunday anjumanlarga keng yo‘l ochib berdi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning 2021 yilda bildirgan taklifi O‘zbekiston tomonidan bajonidil qabul qilingan edi. Aytish mumkinki, mamlakatimiz xorijliklar nazdida joriy tadbirni yuqori saviyada o‘tkazib bera oladi. Xorijiy mutaxassislarning oziq-ovqat borasidagi fikrlari orqali kelgusi yillarda ichki bozorlarimizni yanada sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlay olamiz deb o‘ylayman", — deydi qo‘mita raisi B. Tojiyev.
Eslatib o‘tamiz, oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ikki kun, 7-8 sentyabrda davom etadi.