Boks bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz chorak finalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi hamda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.