Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni!

A A A
Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni!

Mahoratli bokschimiz Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari doirasida bugungi final janglariga ajoyib nuqta qo‘ydi. Eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chempionlik jangida ispaniyalik Ayub G‘adfani o‘zining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.

Ushbu olamshumul g‘alabadan keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 5 ta oltin medal bilan yakunlamoqda. Yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘zbek boksining qudratini yana bir karra butun dunyoga ko‘rsatishdi.

Shuning bilan, O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda.

Kiritildi: 02:14 11.08.2024. O'qildi: 2186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!