Xalqaro boks federasiyasi (IBF) professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mazkur reytingdan uch nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.
Superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov 10-o‘rindan 9-o‘ringa ko‘tarildi.
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev reytingga qaytdi va 11-o‘ringa joylashdi.
Ikkinchi o‘ta yengil vazn toifasida esa Hasanboy Do‘smatov 8-o‘rindan 12-o‘ringa tushdi.