Birlashgan Arab Amirliklarida birinchi kazino ochilishi tasdiqlandi — u Ras al-Xaymadagi Wynn Marjan kurortining bir qismiga aylanadi. Hozirgi kunda amirlikda qimor o‘yinlari sohasini tartibga soluvchi mahalliy qonunchilik ishlab chiqilmoqda, bunda Singapur va Amerika qoidalari asos sifatida olingan.
Wynn Resorts kompaniyasi ma’lum qilishicha, BAAdagi qimorxona Las-Vegasdagi shunday muassasadan ikki barobar kattaroq bo‘ladi. Uning maydoni 18,5 ming kvadrat metrni tashkil etib, 2026 yilda ochilishi rejalashtirilmoqda. Al Marjan orolidagi yangi majmua 1000ta mehmonxona xonasiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda mehmonlar uchun kamida 10ta restoran va loung-bar, katta konferensiya markazi, shuningdek, savdo va spa markazlari xizmat ko‘rsatadi.
Yangi kurort qurilishi uchun Ras-Al-Xayma turizmni rivojlantirish boshqarmasi “qimor o‘yinlari muassasalari” faoliyatini tartibga soluvchi maxsus bo‘lim tashkil etdi.