Birlashgan Arab Amirliklari hukumatining ma’lum qilishicha, aeroportlar yopilishi sababli mamlakatda qolib ketgan xorijiy sayyohlar va yo‘lovchilarning mehmonxona va oziq-ovqat xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.
Abu-Dabi Madaniyat va turizm departamenti sayyohlar uchun vaqtincha turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanganini, reyslarni qayta bron qilish jarayoni ham amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.
Hozirga qadar 20 ming 200 dan ortiq yo‘lovchi ushbu xizmatlardan foydalangan. Shaxsiy kompaniyalar ham bepul turar joy ajratish orqali yordam berayotgani aytilgan.