Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

BAA qarovsiz hayvonlarni utilizasiya qilish to‘g‘risida farmon chiqardi

A A A
BAA qarovsiz hayvonlarni utilizasiya qilish to‘g‘risida farmon chiqardi

Ummu Al-Quvayn amirligining Oliy Kengashi a’zosi va hukmdori shayx Saud bin Rashid Al Mualla amirlikda qarovsiz hayvonlarni tutish va boshqarishni tartibga soluvchi farmon chiqardi.

2024-yildagi 9-sonli qarorda qarovsiz hayvonlarni tutish va hokimlik tomonidan belgilangan hududlarda saqlash belgilangan. Hayvonning egasi yetti kun ichida uni uyiga olib ketishi mumkin bo‘ladi. Hukumatlar qarovsiz hayvonlarni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish huquqiga ega.

2022-yil fevral oyida Abu-Dabida qarovsiz mushuklarga yordam berish dasturi ishga tushirilgan edi. U ko‘ngillilarni “volunteers.ae” saytida yoki mobil ilova orqali amirlikdagi hayvonlarni parvarish qilish markazlarida yordam berish uchun ro‘yxatdan o‘tishga undaydi.

"Ko‘ngillilar va veterinarlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Abu-Dabida o‘n minglab muhtoj mushuklar bemalol aylanib yuradi. Ko‘ngillilar uysiz hayvonlarga yordam berish uchun keng hududlarni o‘rganib chiqadi. Asosiy e’tibor Al Ravda, Xalifa Siti, Bahia, Mafraq, Al Raha, Rabdan, Abu Dabi Gate Siti, Mina Zayed va Al Reem hududlariga qaratilgan", deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikkita notijorat veb-sayt ishga tushirilgan: birinchisi uy hayvonlari egalariga ularning qayerdaligini kuzatishga yordam beradi (microchipped.ae), ikkinchisi oziqlantirish stansiyalarini to‘ldirish uchun oziq-ovqat berish imkonini beradi (foodtostrays.ae).

Kiritildi: 01:01 24.07.2024. O'qildi: 2195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!