BAA kompaniyasi “Toshkent—Andijon” pullik yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishga taklif etildi.
O‘zbekiston diplomatlari BAAning “MBS Global Investments” kompaniyasi ijrochi direktori Ajmal Sharafuddin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Muzokaralarda mazkur kompaniya vakillarining noyabrda O‘zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishildi.