Tergovga ko‘ra, 2023 yil sentyabr boshida XAMASning G‘azodagi rahbari Yahyo Sinvar FATH vakillari orqali Isroilga «katta syurpriz» tayyorlayotganini bildirgan. U ogohlantirishda arab tilida «zilzila» ma’nosini anglatuvchi «zilzal» so‘zidan foydalangan. 15 sentyabrda bu ma’lumot SHABAKning sobiq rahbari Nadan Barga yetib borib, u Netanyaxuni xabardor qilgan. Taxminan bir hafta o‘tib, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid ham shaxsan Netanyaxu bilan bog‘lanib, ogohlantirish unga yetkazilganini aniqlagani aytilmoqda. Tergov mualliflariga ko‘ra, Netanyaxu Isroil G‘azodagi ehtimoliy harakatlarga tayyorligini aytgan va asosiy xavf G‘arbiy Sohildan kelishi mumkinligini taxmin qilgan.
Netanyaxu bu ma’lumotlarni «mutlaq yolg‘on» deb atab, bosh vazir o‘sha davrda BAA prezidenti bilan gaplashmagani va undan bunday ogohlantirish olmaganini bildirdi.
Sobiq bosh vazir Bennet esa e’lon qilingan ma’lumotlarni ishonchli deb hisoblashini bildirdi.