Birlashgan Arab Amirliklari Eronni Hurmuz bo‘g‘ozida «ADNOC» kompaniyasiga tegishli ikkita kemaga hujum qilganlikda aybladi.
Ma’lum qilinishicha, bu so‘nggi bir haftadan kamroq vaqt ichida «ADNOC» kemalari bilan bog‘liq sodir bo‘lgan shunga o‘xshash ikkinchi hodisadir.
Hozircha hujum oqibatlari, kemalarga yetkazilgan zarar yoki jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.