Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati Azon.uz saytida e’lon qilingan maqolalarni o‘chirish bo‘yicha topshiriq berilmaganini ma’lum qildi.
Qo‘mita axborot xizmati bayonotida ma’lum qilinishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatishda diniy-ma’rifiy saytlarga yo‘nalish va tavsiya berishi mumkin. Lekin, qaysidir saytdan qandaydir ma’lumotni olib tashlashga majbur qilish vakolatiga ega emas.